21:28 / 09.10.2019
3 944

Ayol timsoh bilan bir soatlik olishuvdan keyin tirik qoldi

Ayol timsoh bilan bir soatlik olishuvdan keyin tirik qoldi
Hindistonning Odisha shtatida yashovchi ayol uni oyog‘idan tishlab olgan timsoh bilan bir soat kurashib, tirik qoldi. Bu haqda Odisha TV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Sajani Malik ismli ayol Baytarani daryosiga tushlikdan keyin idishlarni yuvgani kelgan. Ayolning aytishicha, shu vaqt uni timsoh dumi bilan urib yiqitib, oyog‘idan tishlab, suvga torta boshlagan. Ayol o‘z hayotini saqlab qolish uchun jon holatda yaqin oradagi daraxtni ushlab olib, uni yordam kelmaguncha bir soat qo‘yvormagan.

Ayolni uning qaytmaganidan keyin xavotirlana boshlagan hamkasblari aniqlashgan. Ular timsohni quvib yuborishga muvaffaq bo‘lishgan va ayolni shifoxonaga olib borishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolga duyodagi eng yirik yirtqichlardan hisoblanuvchi taroqsimon timsoh hujum qilgan. Bu timsoh erkaklarining uzunligi 7 metrgacha va og‘irligi 2 tonnagacha yetishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol timsoh bilan bir soatlik olishuvdan keyin tirik qoldi