06:00 / 10.10.2019
2 850

Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi

Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Bayden Ukraina rahbariyatidan uning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan tergov o‘tkazilishiga erishmoqchi bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi.

“Donald Tramp o‘z prezidentlik qasamyodini buzdi, millatimizga xoinlik qildi va impichment ostiga tushuvchi harakatlarni sodir etdi”, deb aytgan Bayden Rochesterdagi tarafdorlari oldidagi nutqida.

“Tramp va uning emissarlari Ukraina yetakchilarini uning [Trampning] siyosiy foydasi uchun bir necha marta qo‘rqitganlar. Ular Ukrainaga bosim o‘tkazish uchun siyosiy ko‘mak yoki hayotiy zarur harbiy yordamni to‘xtatib turishgan. Bu juda jiddiy masala. AQSh qayta saylanishi uchun har qanday vakolatini suiiste’mol qiluvchi prezidentni o‘ziga ep ko‘rolmaydi”, deb aytgan Bayden.

Avvalroq demokratlar Trampni o‘zining shaxsiy siyosiy maqsadlarida Ukraina rahbariyatiga bosim o‘tkazishda gumon qilib, unga qarshi impichment jarayonini boshlashgandi. Biroq Tramp aybi borligini rad etmoqda va kongress tergovi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden Ukrainadagi eng yirik xususiy gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan Burisma Group direktorlar kengashi tarkibiga kirgan. Jo Bayden 2016 yilda AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan kezda Kiyevdan qat’iy aksilkorrupsiyaviy siyosat o‘tkazishni talab qilgan va bu siyosat doirasida Burisma faoliyatini tergov qilish bilan shug‘ullangan o‘shandagi bosh prokuror Viktor Shokinni iste’foga chiqarishga chaqirgan. Keyinroq Shokin o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. 2017 yil avgustda Burisma ishi bo‘yicha tergov yopilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi