08:17 / 10.10.2019
3 204

Tojikistonda mehnat muhojirlarining mablag‘lari nimalarga sarflanayotgani aniqlandi

Tojikistonda mehnat muhojirlarining mablag‘lari nimalarga sarflanayotgani aniqlandi
Foto: «Novosti Tadjikistana»
Tojikistonlik mehnat muhojirlarining o‘z oilalariga yuborayotgan mablag‘lari asosan farzandlarining o‘qish pulini to‘lashga va dori-darmonga sarflanishi aniqlandi. Bu haqda Regnum ma’lumotiga tayanib Daryo xabar berdi.

Tojikiston milliy banki ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazgan sotsial tadqiqotda 2,2 mingdan ortiq mamlakat fuqarolari ishtirok etdi.

O‘qish to‘lovlari va dori-darmondan keyin ro‘yxatning uchinchi o‘rinni to‘y va maraka tadbirlari egallagan, so‘rovda ishtirok etganlarning 11 foizi pulning ushbu marosimlarga sarf etilishini bildirgan. 9,3 foizi pullarning uy-joy xarid qilishga, 7,1 foizi esa qurilishi va ta’mirlash ishlariga sarf qilinishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, tadqiqot ishtirokchilarining 4,7 foizi mablag‘ evaziga avtotransport sotib olishi, 3,3 foizi ziyorat va sayohatga chiqishi, 2,1 foizi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, 1,3 foizi hunarmandchilikka sarf etishi va yana 1,1 foizi esa zaragarlik buyumlari xarid qilishini aytib o‘tgan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Tojikiston aholisining 62 foiz qismi muhojirlar yuborgan pul o‘tkazmalari hisobidan ro‘zg‘or tebratishi va kun kechirishi ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda mehnat muhojirlarining mablag‘lari nimalarga sarflanayotgani aniqlandi