Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi

  • 10 oktyabr 2019, 11:43
  • 545
  • Dunyo
  • Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi
    Foto: Presidential Press Service via AP, Pool
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara qo‘shni Suriyada 1998 yil Adanda ikki davlat hukumatlari tomonidan imzolangan kelishuvga binoan “Tinchlik manbai” transchegaraviy amaliyotini o‘tkazishga huquqi borligini ma’lum qildi.

    “Suriya ustidagi havo hududining qo‘llanishiga kelsak, u AQShga tegishli emas. Bu xalqaro hudud, bu Suriya havo hududi. U AQShga tegishli emas ekan, uning qo‘llanishi masalasi tuzum [Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi] tomonidan hal qilinadi. Ular [AQSh] u yerda [Suriyada] tuzum taklifi bilan qolmayaptilar. Biz esa Adandagi kelishuv doirasida harakat qilmoqdamiz. Bu kelishuvga ko‘ra, tuzum Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi chora ko‘rmasa, unda harbiylarimiz terrorchilarni Suriya hududida ta’qib qilishga haqli”, deb ma’lum qilgan Erdo‘g‘an Yeni Safak nashriga bergan intervyusida.

    Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar 1980-1990-yillarda Anqara Damashqni Kurdiston ishchi partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlashda ayblagani sababli juda tarang bo‘lgan. 1998 yil oktyabrda ikki davlat o‘rtasida inqiroz yuzaga kelgach, Turkiya Suriyaga KIPni qo‘llab-quvvatlashdan to‘liq voz kechish uchun 45 kunlik muhlat bergan. Shu yili Suriya hukumati mamlakatdan KIP yetakchisi Abdulloh Ojalanni chiqarib yuborgan va shundan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik o‘rnatilgan. 1998 yil 20 oktyabrda ikki davlat ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari Adanda qo‘shma bayonnoma va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kelishuvning imzolanishi bilan yakunlangan.

    Erdo‘g‘an o‘z intervyusida, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Anqara Suriya shimolida kurdlarga qarshi amaliyot boshlasa, AQSh “Turkiya iqtisodiyotini barbod qilishga tayyorligi” haqidagi gaplariga izoh berib o‘tdi.

    “Men bu so‘zlarni muayyan doiralarda taranglikni bartaraf etish uchun gapirilgan deb qabul qilaman. Ayni vaqtda Turkiya amaliyot o‘tkazayotgan hududlardan qo‘shinlarning olib chiqilayotgani AQShning asl maqsadini ko‘rsatadi. Ular Turkiyaga qarshi bormasliklarini aytishgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Turkiya prezidenti.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi