12:09 / 10.10.2019
5 415

Qotil qo‘shnisining jasadini 6 yil kvartira devorida yashirib kelgan

Qotil qo‘shnisining jasadini 6 yil kvartira devorida yashirib kelgan
Foto: «Reuters»
Amerikaning Kaliforniya shtati fuqarosi qo‘shnisini o‘ldirib, uning jasadini olti yil kvartirasining devorida yashirib kelgan, deb yozadi «Xabar» nashri.

Los-Anjeles (AQSh) shahridan bo‘lgan Reyven Kempbell 2009 yilning iyunidan beri bedarak ketgandi. 2015 yil iyul oyida ayolning oilasiga anonim qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Telefon qilgan odam ayol o‘zi yashagan apartamentlar kompleksi devorida ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Marhumning qarindoshlari huquq-tartibot organlariga murojaat qilishadi. Politsiya qidiruvchi itlar yordamida Kempbellning jasadini topishadi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilar bir necha yildan beri noxush hiddan shikoyat qilib kelishgan.

Qotillikda marhumning xonadondagi sobiq qo‘shnisi — 47 yoshli Rendolf Ye. Garbatt aybdor deb topilgan. Ayol to‘mtoq jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Aybdorning aytishicha, Garbatt uni o‘ldirish uchun bolg‘adan foydalangan. U 11 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qotil qo‘shnisining jasadini 6 yil kvartira devorida yashirib kelgan