20:20 / 10.10.2019
3 887

Adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

Adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi
Polshalik yozuvchi Olga Tokarchuk va avstriyalik Peter Xandke adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda «The Nobel Prize» o‘z Tvitter sahifasida xabar berdi.

O‘tgan yili «Man Booker» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan Tokarkzuk 2018 yil uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

76 yoshli avstriyalik dramaturg va yozuvchi «til va atrof-muhit, inson tajribasining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritgan ta’sirli asari» uchun taqdirlandi, deyiladi akademiya bayonotida.

57 yoshli Tokarkuk «entsiklopedik ehtiros bilan chegaralarni kesib o‘tishni hayot shakli sifatida ifodalagani» uchun mukofotlangan.
Har bir g‘olib yozuvchiga to‘qqiz million shved kronasi, (740,000 funt) medal va diplom berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi