3 098
Putinni «Kremldan quvmoqchi bo‘layotgan» yoqutistonlik shaman yana Moskvaga «yurish»ni boshladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan “quvmoqchi” bo‘lgan yoqutistonlik shomon Aleksandr Gabishev yana Moskvaga “yurishi”ni boshladi. Bu haqda “Yakutiya.Info” nashri xabar berdi.
Shomon yana o‘z otryadini yig‘moqchi. Gabishevning ta’kidlashicha, uning yurishi “faqat tinch ko‘rinishga” ega bo‘lib, “Putinning bir dona sochi ham, bir tomchi qoni ham to‘kilmasligiga” va’da beradi.
Shomon “Putinni quvib chiqarish” va “xalq hokimiyatini tiklash” uchun Moskvaga 6 oylik piyoda yurishidan keyin 19 sentyabrda Buryatiyadagi “Baykal” trassasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Oktyabr boshida Gabishev ruhiy-psixiatrik ekspertizadan keyin ong-shuurisiz deb topilgan.
Gabishevning Yoqutistondan Moskvaga “sayohati” mart oyida boshlangan. U yarim yil ichida belgilangan 8000 kmdan 3000 kmini bosib o‘tgan. Umumiy hisobda Gabishevning yurishi 2 yil davom etishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring