Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev uning iste’fosidan keyin Qozog‘istonda ikkihokimlik o‘rnatilgani haqidagi gaplarni inkor etdi.
Qozog‘istonga 30 yil rahbarlik qilgan Nazarboyev 20 mart kuni o‘z vakolatlarini topshirgandi. Shundan keyin mamlakat prezidenti lavozimini bungacha parlament senati raisi bo‘lgan Qosim-Jomart Toqayev egallagan. Bir qator siyosatshunoslarning fikricha, Toqayev ma’muriyati qarorlarni qabul qilishdagi yagona markaz hisoblanmaydi va xavfsizlik kengashi rahbari hamda Nur Otan partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgan Nazarboyev devonxonasi ishiga tobe hisoblanadi.
“Bu hech qanday asosga ega emas, chunki Qozog‘iston prezidentlik boshqaruvi shakliga ega unitar davlat hisoblanadi”, deb aytgan Nazarboyev “Xabar” telekanaliga intervyusida.
Nazarboyevning ta’kidlashicha, Toqayev undan maslahat so‘rasagina, unga maslahat beradi. “Men yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turaman. Maslahatlashsa – maslahat beraman, so‘ramasa – bermayman”, deb aytgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi