09:42 / 12.10.2019
2 609

Angliyada tarixdagi ilk oltin to‘lov kartasi chiqarildi

Angliyada tarixdagi ilk oltin to‘lov kartasi chiqarildi
Foto: Raris
Dunyodagi ilk oltin to‘lov partasi Britaniya qirollik zarbxonasi, Mastercard kompaniyasi va to‘lov texnologiyalari firmasi Accomplish Financial tomonidan taqdim qilindi.

18 qirotli oltindan tayyorlangan to‘lov kartasi Raris’da egasining ismi va shaxsiy ma’lumotlari o‘yib tushirilgan. Kartani buyurtirish narxi 18750 funt sterlingni (23 ming dollar) tashkil qiladi. Kartani shaxsiy dizayn bo‘yicha tayyorlash qimmatroqqa aylanadi.

Oltin karta egalari pul o‘tkazish yoki valyuta ayirboshlashdagi komissiyani to‘lamaydi.

“Qirollik zarbxonasi qimmatbaho metallar sohasida yetakchi britan yetkazuvchisi sifatida muntazam ravishda yangiliklar joriy qilib boradi. Biz iste’molchilarning noyob va qimmatbaho to‘lov kartalariga talabi o‘sayotganining e’tirofi sifatida sof oltindan Raris kartasini chiqarganimizdan xursandmiz”, deb aytgan zarbxona bosh direktori Enn Jessopp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyada tarixdagi ilk oltin to‘lov kartasi chiqarildi