16:37 / 12.10.2019
5 920

Olmaotada fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Olmaotada fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi
Foto : press-slujba DP Almatы
Qozog‘istonning Olmaota shahri huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘nta fohishaxona aniqlandi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Ijaraga olingan o‘nta kvartiradan jami 16 nafar qiz Turksib tumani politsiya bo‘limiga olib kelingan, ularning to‘rt nafari — O‘zbekiston fuqarosi.

«Qizlarning nima ish bilan shug‘ullanishini bilgan ushbu kvartira egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksi bo‘yicha ish ochilgan. Joriy yilning 1 iyulidan buyon 67 kishi fohishaxona ochganlik bo‘yicha javobgarlikka tortilgan», — deyiladi Olmaota shahri politsiya boshqarmasining xabarida.

Politsiya boshqarmasiga olib kelingan yengiltak ayollar maxsus ro‘yxatga olingan. O‘zbekistonlik fuqarolar esa migratsiya xizmati vakillariga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotada fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi