15:56 / 13.10.2019
2 978

Janubiy Koreya qanday yuksaldi?

Janubiy Koreya qanday yuksaldi?
Janubiy Koreya foydalanadigan barcha texnika vositalarini o‘zida ishlab chiqariladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Koreys xalqi ham aynan o‘z mamlakatidagi firmalarning mahsulotlarini xarid qilishadi. Shu sababli Koreya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatorida turadi.

Janubiy Koreya hukumati ilmiy ishlar uchun iqtisoslashgan Taduk shahrini qurdi. U shaharda 34 ta o‘quv dargohi bor bo‘lib, ularning ba’zilari hukumatga qarashli, ba’zilari xususiy shirkatlarga tegishli.

Koreya hukumati kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi, ixtisoslashgan kollejlar bor. Kollej o‘quvchilarini oliy o‘quv yurtlariga tayyorlaydigan markazlar ham mavjud.

1971-1982 yillarda malakali injenerlar yetishib chiqishi uch barobarga ortdi. 1983 yilda ochilgan texnologiya maktabi bitiruvchilariga oliy o‘quv yurtlariga kirishi uchun turli imtiyozlar beriladi. 1991-2002 yillarda kasb-hunar kollejlarida 535.363 nafar talaba tahsil olgan (Muhammad Salim “Namuzajul kuriy littanmiya”).

Janubiy Koreyada boshlang‘ich ta’lim majburiy bo‘lib, 2002 yildan boshlab o‘rta ta’lim ham shu yo‘lga o‘tkazildi. Maktab darsliklari orqali vatanparvarlik, nafsni jilovlash, yiqilganga suyanchiq bo‘lish, boylikka mukkasidan ketmaslik kabi oliyjanob sifatlarni singdiriladi.

Ta’lim tizimida o‘qituvchilarga katta e’tibor qaratiladi. Pedagogika fakultetiga hujjat topshirgan talabalar bilan alohida suhbat o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan talabalar o‘qituvchi bo‘lmasdanoq nazorat qilinadi. O‘qituvchilar malakasini yanada oshirish uchun xorijga yuboriladi (Muhammad Salim “Annamuzajul kuriy littanmiya”).

Janubiy Koreya xalqining ilmiy saviyasini oshirish uchun izchil harakat qilib turli kutubxonalar tashkil qilingan. 90-yillarda 24 milliondan ortiq kitobxonlar 68 milliondan ziyod kitob o‘qishgan. 1991 yilda savodsizlik 1 foizga ham yetmagan (“Taqrirut tanmiya albashariya” 2006 hdr.undp.org\hdr2006\statistics).

2003 yil hisob-kitobiga ko‘ra har ming Koreyalikdan 657 nafari internet tarmog‘idan foydalanadi. 2004 yil hisobiga ko‘ra, har million Janubiy Koreyalikdan 738 nafari ilmiy ixtiro egasi bo‘lgan. 2003 yilda koreys hukumati YaIMining 2,6 foizini ilmiy izlanishlarga sarflagan.
«Islom va olam» kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya qanday yuksaldi?