Filippinda timsoh qayiqni teshib, baliqchini suv ostiga tortib ketdi

  • 13 oktyabr 2019, 20:46
  • 1 460
  • Dunyo
  • Filippinda timsoh qayiqni teshib, baliqchini suv ostiga tortib ketdi
    Filippinning Palavan provinsiyasida ulkan timsoh baliqchilar qayig‘iga hujum qildi va 20 yoshli Junik Xusinni suv ostigash tortib ketdi.

    Junik Xusin va 32 yoshli Edgar Legazpilar motorli qayiqda baliq ovidan qaytib kelayotgan edi. Timsoh hujum qilgan vaqtda qorong‘u tushib, kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Uch metrli ulkan timsoh motorli qayiqqa bir necha bor hujum qilib, uni teshgan va mana shu teshikdan baliqchilardan birini tortib ketgan.

    «Men hech narsa qila olmadim, chunki qayig‘imiz teshilgan edi», — deydi timsoh hujumidan chetda qolgan Legazpi.

    U darhol politsiyaga murojaat qilgan, ammo yomon ob-havo tufayli marhumni izlash ishlari faqat ertasi kuni boshlangan. Mahalliy aholi erta tongda timsohni topgan va uning changalidan jasadni tortib olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Filippinda timsoh qayiqni teshib, baliqchini suv ostiga tortib ketdi