Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda

  • 14 oktyabr 2019, 06:34
  • 976
  • Dunyo
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda
    Foto: Reuters
    AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog‘i» deb nomlangan harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Turkiyaga qarshi yirik sanksiyalar qo‘llashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

    «Men senator Lindsi Grem va kongressning boshqa ko‘plab a’zolari bilan, jumladan demokratlar bilan Turkiyaga qarshi kuchli sanksiyalar qo‘llash ustida ish olib boryapman. Moliya vazirligi ish boshlashga tayyor, qo‘shimcha qonun talab qilinishi mumkin. Bizda bu borada kelishuv bor. Turkiya bunday qilmaslikni so‘ragan. Kuting!», deya yozgan Tramp tvitterida.

    9 sentyabr kuni Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarni janubga surib tashlash uchun «Tinchlik bulog‘i» nomini olgan harbiy amaliyot boshlagandi.

    Bundan avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bilan telefon orqali muloqot chog‘ida mazkur amaliyotni to‘xtatishni so‘ragandi.
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa jahonning ko‘plab davlatlari talab qilayotganiga qaramay ushbu amaliyot to‘xtatilmasligini ma’lum qilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda