11:20 / 15.10.2019
2 860

Muhojirlar uchun eng yaxshi mamlakat nomi e’lon qilindi

Muhojirlar uchun eng yaxshi mamlakat nomi e’lon qilindi
Birlashgan Arab Amirliklari jahonda muhojirlar uchun eng mehmondo‘st mamlakat sifatida e’tirof etildi, deya xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

Gallup kompaniyasining global hisobotiga ko‘ra, ovoz beruvilarning 87 foizi Arab Amirliklar boshqa millat vakillari uchun yashash uchun qulay mamlakat sifatida qayd etgan. Bu raqam dunyo bo‘yicha o‘rtacha 54 foizni tashkil etishi aniqlangan.

2010 yilda e’lon qilingan ma’lumotlar bilan taqqoslaganda, BAA reytingda yuqorilagan. 9 yil avval mehmondo‘stlik foizi 15 foizni tashkil etgan edi.
Kanada, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Avstraliya va Portugaliya yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, migrant oilasining yashashi, ta’lim olishi, tibbiy xizmatdan foydalanish sifati va asosiysi soliqning pastligi mamlakatning jalb qiluvchanligini oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muhojirlar uchun eng yaxshi mamlakat nomi e’lon qilindi