17:28 / 15.10.2019
3 304

Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi

Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi
Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul Aziz Las-Vegasda sodir etgan ikki janjalli vaziyat bo‘yicha ayblanmoqda.
O‘tgan juma kuni Abdul Aziz Entoni Pettisning menejeri Avraam Kavaga musht tushirgan edi. Mazkur holat PFL 7 turnirida sodir bo‘lgan.

Kava politsiyaga Abdel-Azizning gaplashish uchun kelganligini, ammo hech qanday sababsiz uni yuzining o‘ng tomoniga musht bilan urganini aytdi. Bu ayblovni Pettis va uning qiz do‘sti Lazette France ham tasdiqladilar.

Politsiya xabariga ko‘ra, Kavaning jarohatlari aks etgan fotolar bor . Mazkur holat tufayli, Abdul Aziz qo‘lga olinib, politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

Aynan ushbu omillar yetti oy avval Abdul Aziz ishtirokida sodir bo‘lgan voqeani ham qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi. Unda Xabibning menejeri Kamaru Usman bilan mexmonxonada Kolbi Kovingtonga hujum qilgandilar.

Birinchi sud majlisi 25-noyabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi