15:35 / 15.10.2019
2 880

Rossiyadagi eng zerikarli kasblar ma’lum qilindi

Rossiyadagi eng zerikarli kasblar ma’lum qilindi
Rossiyada qorovul eng zerikarli kasb deb topildi. Ish bilan ta’minlashga ixtisoslashgan Superjob xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda 30 foiz kishi bunday fikr bildirishdi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida hisobchi, bu kasb 10 foiz ovoz to‘plagan.
So‘rovda qatnashganlarining sakkiz foizi har qanday kasb, agar kasb qiziqarli bo‘lmasa va yoqmasa, zerikarli bo‘lib ketishi mumkin, deb javob berdi.

Yana besh foiz respondentlar sotuvchining ishi zerikarli deb hisoblashdi. Qo‘riqchilar va farroshlar ham reytingga kiritildi va to‘rt foiz ovoz berildi.
Kutubxonachi, haydovchi, yuk ortuvchi, deputat, konserj, menedjer, dasturchi, call-markaz operatori va arxivarius ham eng zerikarli kasblar reytingga kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi eng zerikarli kasblar ma’lum qilindi