Okean faunasi haqida siz bilmagan 10ta fakt

  • 16 oktyabr 2019, 11:50
  • 668
  • Dunyo
  • Okean faunasi haqida siz bilmagan 10ta fakt
    Dengiz toshbaqalari okeanni tark etganda yig‘laydilar, degan afsona bor. Aslida, ular doimo yig‘laydilar chunki, ular ortiqcha tuzdan qutilishlari kerak. Ammo okeanda ko‘z yoshlar suv bilan qo‘shilib ketadi shuning uchun ularning ko‘z yoshlarini faqat quruqlikda ko‘rish mumkin.

    10-o‘rin: Shvetsiya biologlari tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, kit gippopotamusdan kelib chiqqan. Ularning DNKlarini taqqoslashganda ikkisining umumiy ajdodi taxminan 54 million yil oldin yashaganligi ma’lum bo‘ldi.
    9-o‘rin: Weddell tyulenni - cho‘milish bo‘yicha mutloq chempion. U 600 metr chuqurlikka sho‘ng‘iy oladi va bir soatdan ko‘proq vaqt davomida suv ostida qola oladilar.

    8-o‘rin: Morjlar mo‘ylovlari yordamida qumdan qisqichbaqalarni qidirib topadilar.

    7-o‘rin: Ba’zi baliq va qisqichbaqalar yarqiray oladi. Ular tanasining pastki yarmida yorqin nurli organlarga ega, bu ularni sirtdan yorug‘lik fonida ko‘rinmas holga keltiradi.
    6-o‘rin: Dengizda anemonlar orasida nafaqat mashhur masxaraboz baliqlar, balki nihoyatda shaffof qisqichbaqalar(krevetkalar) ham yashaydi. Siz ularni faqat dumining uchidagi va belidagi mayda dog‘lar orqali aniqlashingiz mumkin

    Muzbaliq

    5-o‘rin. Qutb dengizlarida yashovchi muzbaliqlarning tomirlarida oq qon oqadi. Oq qon tarkibida tabiiy "antifriz" bor. Bu ularning muzlab qolishini oldini oladi.

    Yo‘lbars akulalari

    4-o‘rin: Yo‘lbars akulalari embrionlari onaning qornidaligida bir-biri bilan kurashadilar va oxirida eng kuchli embrion qolganlarini yeb qo‘ygach tug‘iladi.

    3-o‘rin: Akulalar affekt ya’ni ehtiros holatida tanasining o‘z qismlarini ham yeb qo‘yishlari mumkin.

    Barrakudu balig‘i

    2-o‘rin: Barrakudu baliqlarini makkorlik chempioni deb atash mumkin. Agar u baliq kasal bo‘lsa, u go‘shtini zaharlaydigan ba’zi o‘simliklarni iste’mol qilishni boshlaydi. Shunda u o‘lgan taqdirda, uni biror yirtqich baliq tishlasa tab tortmay o‘ladi.

    “Portugal kemasi”

    1-o‘rin: Portugal kema shaklidagi meduzalar barrakudu baliqlaridan ham tajavuzkordir. Ularni meduza zaharidan qo‘rqmaydigan toshbaqalar yeganda, meduzaning organizmi akulalarni o‘ziga tortadigan maxsus sirli modda ishlab chiqaradi. Toshbaqa tanavvul qilayotganda, atrofdagi barcha akulalar uning atrofida to‘planishadi. Keyin nima bo‘lishini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘rgandirsiz...

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Okean faunasi haqida siz bilmagan 10ta fakt