12:43 / 16.10.2019
3 094

BAAda Putinga tilla tanga sovg‘a qilishdi

BAAda Putinga tilla tanga sovg‘a qilishdi
Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga msahalliy kosmonavt Hazza al-Mansurin va uning dublyori Sulton al-Nayyodiy tilla tanga sovg‘a qildi. Bu haqda Muhammad bin Rashid nomidagi fazo markazining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Tilla tangaga BAAlik fazogirning Xalqaro fazo stansiyasiga parvozining lototipi tushirilgan. Suratlardan sovg‘a olayotgan Putinning mamnuniyatini ko‘rish mumkin.

Hazza al-Mansuriy yetti kunlik parvozdan keyin rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Xeyg bilan birga 3 oktyabr kuni Xalqaro fazo stansiyasidan qaytib keldi. U fazoga uchgan ilk BAAlik bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda Putinga tilla tanga sovg‘a qilishdi