Yerto‘lada 9 yil qiyomatni kutib yashagan niderlandiyalik oila qutqarildi

  • 16 oktyabr 2019, 13:12
  • 2 106
  • Dunyo
  • Yerto‘lada 9 yil qiyomatni kutib yashagan niderlandiyalik oila qutqarildi
    Niderlandiya politsiyasi olis fermalardan birining yerto‘lasida 9 yildan beri qiyomat qoyim bo‘lishini kutib yashayotgan ota va uning olti farzandini qutqardi. RTV telekanalining xabar berishicha, to‘ng‘ich o‘g‘il mahalliy barga borgan va yordam so‘ragan.

    Fermaga kelgan politsiyachilar mehmonxonadagi shkaf ortida yerto‘laga tushadigan zina borligini aniqlashdi. U yerda miyasiga qon quyilgani tufayli to‘shakka mixlangan ota hamda uning 16 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan olti nafar farzandi bor edi. Bolalarning onasi oila qishloqqa ko‘chib kelganidan keyin vafot etgani taxmin qilinmoqda.

    Oila tomorqa va uy chorvasi yordamida kun kechirgan.

    Drente provinsiyasi politsiyasi fermaning 58 yoshli ijarachisini qo‘lga oldi. U ma’lumot berishdan bosh tortyapti. Ferma egasining esa yerto‘lada oila borligidan xabari bo‘lmagan.

    Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, ijarachi shu paytgacha hech kimni fermaga yaqinlashtirmagan, qo‘shnilar bilan aloqa qilmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yerto‘lada 9 yil qiyomatni kutib yashagan niderlandiyalik oila qutqarildi