20:25 / 16.10.2019
6 996

Qozog‘istonda hojatxonada qizlarni yashirincha poylagan o‘zbekistonlik ushlandi (foto)

Qozog‘istonda hojatxonada qizlarni yashirincha poylagan o‘zbekistonlik ushlandi (foto)
Qozog‘istonning Pavlodar shahridagi savdo markazida hojatxonada qizlarga telefon va oyna yordamida yashirincha qaragan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Zakon.kz” ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Foto: Pavlodar Ichki ishlar departamenti
Xabarda aytilishicha, 12 oktyabr kuni noma’lum shaxs kichik oynacha yordamida savdo markazlaridan biridagi hojatxonada 10 yoshli qizchaga qaragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi va Pavlodardagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlashi aniqlangan va militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: Instagram
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi (Voyaga yetmaganlarni axloqsizlikka o‘rgatish) bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Bu moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda huddi shundan xatti-harkatlar sodir etgan erkak rasmi tarqalgan. Unda aytilishicha, erkak hojatxonada qizlar va ayollarga telefon va oyna yordamida yashirincha qaragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda hojatxonada qizlarni yashirincha poylagan o‘zbekistonlik ushlandi (foto)