20:00 / 16.10.2019
4 267

Misrlik arxeologlar Luksor shahri yaqinidan 20 ta eski sarkofag topishdi (foto)

Misrlik arxeologlar Luksor shahri yaqinidan 20 ta eski sarkofag topishdi (foto)
Arxeologlar Misrning Luksor shahri yaqinida 20 dan ortiq qadimiy yog‘och tobutlarni topdilar, deya xabar beradi mamlakat antikvarliklar vazirligi. Nil daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Asasif shahridagi Teban maqbarasida hozirgacha yorqin rangdagi bezaklarini saqlab qolgan tobutlar topilgan. Vazirlik ushbu voqeani so‘nggi yillarda "eng katta va eng muhim kashfiyot" deb ta’rifladi. Tafsilotlar shanba kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.


Piramidalar vodiysiga yaqin bo‘lgan Asasif shahridagi qabrlarning aksariyati qadimgi Misrning So‘nggi Podsholik davriga, ya’ni miloddan avvalgi 664-332 yillarga borib taqaladi.
Biroq, bundan tashqari, XVIII suloladan (mil. avv. 1550-1292 yillar) oldinroq paydo bo‘lgan qabristonlar mavjud bo‘lib, u qabriston Yangi Podsholikdagi birinchisi bo‘lgan va u yerdagi tobutlar mashhur fir’avnlar Yaxmos, Tutmos III, Amenxotep III, Axetaton, Tutanhamon hamda malika Xatshepsutning sarkofaglarini o‘z ichiga olgan.
O‘tgan hafta antik buyumlar vazirligi arxeologlarning Luksor g‘arbiy vodiysida qadimiy "sanoat zonasi" ni kashf etganliklarini e’lon qilishdi. Bu hududda XVIII sulolaga tegishli bo‘lgan ko‘plab idishlar bilan to‘ldirilgan dafn jihozlarini saqlash va ularni tozalash uchun uylar bo‘lganligi xabar berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrlik arxeologlar Luksor shahri yaqinidan 20 ta eski sarkofag topishdi (foto)