08:38 / 17.10.2019
3 495

8 yoshli baliqchi bola rekord og‘irlikdagi xavfli akulani tutdi

8 yoshli baliqchi bola rekord og‘irlikdagi xavfli akulani tutdi
Avstraliyaning Sidney shahri yaqinida Jeyden Millauro ismli 8 yoshli bolakay 314 kilogrammlik akulani qarmog‘iga ilintirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Bola o‘z otasi va qayiq sardori bilan Sidney yaqinida baliq ovlash vaqtida katta o‘lchamdagi yo‘lbars akulani tutib olgan. Ular sohilga qaytgach, tutilgan akula rekord o‘lchamga tortishi mumkinligini aniqlashgan.

Ta’kidlanishicha, bolakay 2 yoshidan beri baliq ovlaydi va tutgan akulasi u uchun eng kattasi bo‘lgan.

Avvalgi rekord Yan Xissey ismli baliqchiga tegishli bo‘lib, u 1997 yilda 312 kglik yo‘lbars akulani tutgan. Ushbu natija baliqlar turiga ko‘ra baliqchilikdagi rekordlarni kuzatib boruvchi xalqaro uyushma tomonidan qayd qilingan.

Yo‘lbars akulalar inson uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Ular o‘rtacha 4,25 metr uzunlikkacha o‘sib, 635 kggacha tosh bosadi. Ginness rekordlar kitobiga ushbu turga mansub 5,5 metr uzunlikka va yarim tonna og‘irlikka ega akula kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 8 yoshli baliqchi bola rekord og‘irlikdagi xavfli akulani tutdi