Qirg‘izistonlik tadbirkor o‘zini xudo deb e’lon qildi

  • 17 oktyabr 2019, 00:25
  • 5 584
  • Dunyo
  • Qirg‘izistonlik tadbirkor o‘zini xudo deb e’lon qildi
    Qirg‘izistonning Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi o‘zini xudo deb atayotgan Arstanbek Abdildayevning (taxallusi – Arslan Alay) bayonotlari ekspertizadan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

    24.Kg nashrining xabar berishicha, Abdildayev masalasini mamlakat parlamenti deputati Ulug‘bek Ormonov ko‘tarib chiqqan. Unga javoban Din ishlari qo‘mitasi raisi Zayirbek Ergeshov ekspertiza o‘tkazilishini va uning natijasiga qarab qaror qabul qilinishini bildirdi. Biroq u aynan qanday ekspretiza (lingvistik, diniy, psixiatrik) o‘tkazilishiga aniqlik kiritmadi.

    Arstanbek Abdildayev o‘z faoliyatini tadbirkor sifatida boshlagan. Shuningdek “El uchun” siyosiy partiyasining yetakchisidir, 2011 va 2017 yillardagi prezident saylovlarida qatnashgan. 2011 yildagi saylovdan bir necha oy o‘tib matbuot anjumani tashkil etgan va Yerdagi hayot qirg‘izlardan boshlanganini, 2012 yilda Oltin davr kirib kelishini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin insoniyatni qutqaradigan “murakkab biorobot” ekanini aytgan edi.

    2019 yilda Abdildayev Next-TV telekanalida o‘z ko‘rsatuvini boshladi. Uning aytishicha, tomoshabinlarga Koinotning quvvatini tarqatadi. U sentyabr oyining oxirida o‘zini “yangi xudo” deb e’lon qildi.

    “Xudo bitta odamga – Arstan Alayga Koinot quvvatini in’om qildi va shuning uchun o‘zimni yangi xudo deb hisoblayman! Men yuqoridan berilgan vazifani ado etyapman”.

    Bir paytlar Arstanbek Abdildayevning “Qish bo‘lmaydi” degan gapi kulgiga va internet-memlarga sabab bo‘lgan edi. Uning o‘zi esa bu gap kulgili emasligini ta’kidlaydi:

    “Mening kuchlarim sharofati bilan shimolda muzliklar eriyapti, global isish boshlandi. U yerda tez orada suv tugaydi, chunki bug‘lanib ketadi. Qish esa bo‘lmaydi. Yer likop ko‘rinishiga kelib, kattalashadi”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qirg‘izistonlik tadbirkor o‘zini xudo deb e’lon qildi