Checheniston rahbari Ramzon Qodirov lavozimini tark etib, federal rasmiy ishga oʻtishni rejalashtirmayotganini maʼlum qildi. Bu bilan Kavkaz siyosatchisi lavozimi koʻtarilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Rambler”ga tayanib “Xabar” nashri maʼlum qildi.
“RT Arabic” telekanaliga berayotgan intervyusida Qodirovning federal rasmiy lavozimga koʻtarilishi haqida savol yoʻllandi. Checheniston yetakchisi jurnalistning savoliga javob berar ekan, faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyrugʻiga binoan vakolatini topshirib, yangi lavozimga oʻtishga tayyor ekanini taʼkidladi.
— Mening orzuim Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish. Bu aholi farovonligini taʼminlashdir, — deya uning soʻzlarini keltiradi “Kavkazskiy uzel” portali.
Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007-yilning martidan beri boshqarib kelmoqda. Siyosatchi agar buni prezident Putin talab qilsa, oʻz lavozimini tark etishini bir necha marta aytgan. Joriy yil may oyida Qodirovning mansabi koʻtarilishi haqida aytilgandi: oʻshanda uning bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga oʻtishi haqida gap-soʻzlar tarqalgandi. Siyosatchi bu mish-mishlarni inkor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?