Olimlar uchun jumboq: miyasi yo‘q, lekin o‘ylaydigan va deyarli o‘lmaydigan mavjudot

  • 18 oktyabr 2019, 15:16
  • 1 276
  • Dunyo
  • Olimlar uchun jumboq: miyasi yo‘q, lekin o‘ylaydigan va deyarli o‘lmaydigan mavjudot
    Parij hayvonot bog‘ida olimlar uchun jumboq bo‘lib qolayotgan mavjudot namoyish etildi. Sariq tusli bu jonzot ko‘rinishidan po‘panak zamburig‘iga o‘xshab ketadi.

    Olimlar unga Blob – Tomchi deb nom berishdi. Tomchining og‘zi va oshqozoni, ko‘zi yo‘q, lekin yemish topib yeya oladi va yeganini hamz qiladi. Bir hujayrali bu mavjudotning oyoqlari yoki qanotlari ham yo‘q, lekin soatiga 4 santimetr tezlikda harakatlana oladi.

    Tadqiqotchilar Tomchining 720 ta jinsiy a’zosi borligini aniqlashdi. Uning miyasi bo‘lmasa-da, o‘ylashga va ma’lumotlarni turdoshlariga uzatishga qodir. Agar uni o‘rtasidan bo‘linsa, ikki daqiqadayoq o‘zini tiklab oladi.

    Bu mavjudot Yevropa o‘rmonlarida uchraydi. U deyarli o‘lmaydi, faqatgina qurg‘oqchilikda va quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushganida nobud bo‘lishi mumkin. Odatda xavfni sezishi bilan uyquga ketadi.

    Bu organizm o‘simlikmi, hayvonmi yoki zamburug‘mi? Olimlar mazkur savolning javobini hozircha topa olishgani yo‘q.

    Manba: Sof.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olimlar uchun jumboq: miyasi yo‘q, lekin o‘ylaydigan va deyarli o‘lmaydigan mavjudot