Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 28 yoshli nevarasi Oysulton Nazarboyev joriy yilning iyunida Londonda politsiyachilarga hujum qilgani uchun shartli jazo oldi.
VVS xabariga ko‘ra, u giyohvand moddalarning ta’sirida politsiyalarga qarshilik ko‘rsatish va ulardan birini tishlab olishda aybdor deb topilgan.
O.Nazarboyevga 18 oylik sinov muddati berildi. Agar u ana shu muddat ichida yana qonunni buzsa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.
Bundan tashqari, Nazarboyev 140 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi va giyohvandlikdan davolanish uchun 20 ta sessiyaga qatnaydi, 1000 funt miqdorida jarima va yetkazilgan zararni qoplash uchun 5000 funt to‘laydi.
Oysulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va marhum Rohat Aliyevning o‘g‘lidir. U Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qigan va Qozog‘iston mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasiga ishga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi