Foto: NASA
Xalqaro koinot stansiyasi bortidan tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi.
NASA agentligining xabar berishicha, amerikalik astronavtlar Kristina Kuk va Jessika Meir Toshkent vaqti bilan soat 16.38da bir vaqtda ochiq koinotga chiqishgan.
LIVE: NASA's first ever all-female spacewalk from the ISS https://t.co/Ru81StNBMx
— NBC News (@NBCNews) October 18, 2019
Astronavtlar stansiya fermasidagi ishdan chiqqan tashqi energoblokni almashtirishlari kerak. Ularga buni bajarish uchun 6,5 soat ajratilgan.
Kristina Kuk uchun bu stansiyaning tashqi tomoniga 4-chiqishi hisoblanadi, Meir uchun esa birinchisidir. Ikki ayol fazogirning ochiq koinotga chiqishi mart oyida yuz berishi kerak edi. O‘shanda Kukka Enn Makkleyn sheriklik qilishi rejalashtirilgandi. Biroq Makkleynga to‘g‘ri keluvchi skafandr topilmagan. Keyinroq skafandr XKSga yetkazilgan.
Tarix davomida 14 nafar ayol fazogir ochiq koinotga chiqqan. Buni birinchi bo‘lib sobiq ittifoq fazogiri Svetlana Savitskaya 1984 yilda amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi