10:33 / 19.10.2019
3 267

“Turkiya Trampning xatini esdan chiqarmaydi”: Erdo‘g‘an AQSh prezidenti xatiga izoh berdi

“Turkiya Trampning xatini esdan chiqarmaydi”: Erdo‘g‘an AQSh prezidenti xatiga izoh berdi
Foto: EPA/UPG
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning unga yo‘llagan xatiga izoh berdi va amerikalik hamkasbiga vaqti kelib javob qaytarishini aytdi.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, uning mamlakati Trampning Turkiyaning Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazishi bilan bog‘liq “keskin” xatini “esdan chiqarmaydi”. Erdo‘g‘an bu haqda Istanbulda xorijiy jurnalistlar oldidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Tramp 9 oktyabrdagi xatida Erdo‘g‘anni Suriyada harbiy amaliyot boshlamaslikka va “qattiqqo‘llik va ahmoqlik qilmaslikka”ka chaqirgan.

Erdo‘g‘an Turkiya “mavridi kelganda” ushbu xatga javoban “barcha zarur ishni amalga oshirishini” aytgan. Biroq u “qanday o‘ch olishi” tafsilotlariga berilmagan.

“Prezident Trampning siyosiy va diplomatik xushmuomalikdan xoli xati OAVda paydo bo‘ldi. Albatta, biz buni unutmadik. Biz buni esdan chiqarsak noto‘g‘ri bo‘ladi”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Turkiya Trampning xatini esdan chiqarmaydi”: Erdo‘g‘an AQSh prezidenti xatiga izoh berdi