4 189
Qozog‘istonda ota o‘z jonini qurbon qilib, o‘g‘lini avtobus ostidan qutqarib qoldi (video)
Qozog‘istonda to‘rt yoshli bola yo‘lda harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi oldiga yugurib chiqdi, biroq bolaning otasi so‘nggi lahzada uni qutqarib qolishga ulgurgan. Otaning o‘zi esa voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda «Komsomolskaya pravda» xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi 17 oktyabr kuni Qizilo‘rda shahrida yuz bergan.
Holat aks etgan videoda ko‘rinadiki, yo‘l chetida turgan avtomobilning orqasidan yo‘lning qatnov qismiga yosh bola yugurib chiqqan. Bolaning izidan uning otasi otilib chiqqan va uni tanasi bilan yopishga uringan. Oqibatda avtobus ularning ikkalasini ham urib ketgan.
Xabar berilishicha, 30 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan, uning o‘g‘li esa shoshilinch tarzda kasalxonaga olib borilgan va jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi