11:48 / 19.10.2019
3 823

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolikdan kim yutdi va kimlar yutqazdi?

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolikdan kim yutdi va kimlar yutqazdi?
Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo mamlakatlar orasidagi o‘zaro savdoda Qozog‘iston eng ko‘p yutqazmoqda. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

2019 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida qo‘shni respublika YeOIIning boshqa a’zolariga 4 mlrd $lik mahsulot eksport qilgan, ulardan esa deyarli 9.3 mlrd $lik tovar va xizmatlar import qilgan. Tashqi savdo manfiy saldosi 5.3 mlrd %ga teng.

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu daraja qolgan davlarnikidan ancha past hisoblanadi.

Belarusning tashqi savdo manfiy saldosi 4.7 mlrd $ (eksport 9.4 mlrd $, import - 14.1 mlrd $), Qirg‘izistonniki - 925 mln dollar (eksport - $391,6 mln $, import - 1.3 mlrd $), Armaniston - 513.6 mln. dollar (eksport - 465.4 mln %, import - 979 mln $).

Ittifoqqa a’zo mamlakatlardan faqat Rossiyaning savdo balansi ijobiy. Mazkur mamlakat hisobot davrida 11.2 mlrd. dollarlik ijobiy saldo ko‘rsatgan. Bunda eksport hajmi 24.4 mlrd. $ bo‘lsa, import 13.2 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

2019 yilning dastlabki 3 choragida YeOII a’zo mamalakatlar o‘rtasida jami tovar aylanmasi 38.6 mlrd $ni tashkil etib, u o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3%ga ko‘pdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolikdan kim yutdi va kimlar yutqazdi?