00:30 / 20.10.2019
3 430

Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda

Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda
Angliyaning Midlend shahridagi ikki gektar maydonda Gavin va Elis Munro mebel daraxtlarni o‘stirishmoqda. Derbishirda bu er-xotinlarning mebel bog‘i (fabrikasi) mavjud bo‘lib, ularda 250 ta stul, 100 yoritgich va 50 ta stol yetishtirilmoqda.

Mebel yasash uchun katta-katta daraxtlarni kesish va ularga uglerodli ishlov berish aslida eng samarasiz va yer sayyorasini halokatga olib boradigan harakat. Ushbu maqoladagi g‘oya o‘sha muammolarga barqaror yechim deb topilmoqda.
"50 yil daraxtni zo‘rlik bilan o‘stirish, keyin uni kesib, mayda va mayda bo‘laklarga bo‘lib, ularni taroshlash va qoqishning o‘rniga o‘ylab topilgan ushbu g‘oya daraxtni o‘zingiz xohlagan shaklda o‘stirishdir. Bu 3D-printerda chop etishning o‘ziga xos turi ”, - dedi Gavin.

Gavin yoshligida kresloga o‘xshash o‘sib chiqqan bonsai daraxtini ko‘rganida bu g‘oyaga qiziqib qolgan edi. U bolaligida umurtqa pog‘onasining qiyshiqligi bilan tug‘ilgan va yillar mobaynida umurtqasini to‘g‘rilash uchun temir g‘ilof kiyib yurishga majbur bo‘lgan. Uning fikricha har qanday jonzot qanday tug‘ilgan bo‘lsa, shunday holda o‘zgacha yashashga haqqi bor.

44 yoshli Gavin bu yo‘nalishda 2006 yildayoq o‘z tajribalarini boshlagan, u Angliyaning markaziy qismida, Peak tumanidagi ikkita kichik uchastkada stul o‘stirishga harakat qilgan. 2012-yilda turmush qurishgandan so‘ng Gavin va Elis Full Grow kompaniyasiga asos solishdi va g‘oyani birgalikda amalga oshirishdi.

Dastlabki urinish besamar ketdi, ular dalada yetishtirayotgan nihollar hali o‘sishga ulgurmasdan sigirlar va quyonlarga yem bo‘ldi.

Shuningdek, ular daraxtlar o‘sishini to‘xtatmasdan oldin ularni shakllantirib olishning eng samarali usulini topishga majbur bo‘lishgan. Gevin va Elis ularni daraxt bo‘lib yetishgandan so‘ng majburlab turli yo‘nalishlarda o‘zgartirishnimas, balki ularning nihollik paytlarida to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirishni o‘rgandi.

Bu g‘oyani amalga oshirish uchun ular ancha mehnat va vaqt sarflashadi. Kreslolar 12 480 dollarga, lampalar 1120-2870 dollarga va stollar 3120-15 600 dollarga sotilmoqda. Va bu narxlar ularning qilgan mehnatiga arziydi.

O‘rtacha stul o‘sishi uchun olti yildan to‘qqiz yilgacha, yana uni quritish uchun bir yil ketadi. Hozirgacha berilgan eng uzun buyurtma 2030-yilda tayyor bo‘ladi. Bu o‘sha yili nafaqaga chiquvchi mijozning stulidir.

“Shu paytgacha insoniyat o‘rmonlarga qanchalik zarar yetkazgani hammamizga ayon. Shuning uchun ham biz tosh asrida foydalanilgan qadimiy usullardan foydalanamiz ", deydi Gavin.

Eslatib o‘tamiz, qadimgi rimliklar, xitoyliklar va yaponiyaliklar ham turli shakllardagi daraxtlarni o‘stirishgani tarixdan ma’lum.
Gavin va Elis 2022 yilga qadar har yili hosil yig‘ishga umid qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda