TIV Madinada sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

  • 19 oktyabr 2019, 19:17
  • 970
  • Dunyo
  • TIV Madinada sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
    Foto: Arab News
    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonida avtobus yonishi oqibatida ziyoratchilar halok bo‘lgani yuzasidan bayonot berdi.
    Saudiya Arabistoni OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 16 oktyabr, chorshanba kuni Madina okrugining Al-Ahal tumanida 39 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus og‘ir yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

    Oqibatda 35 kishi vafot etgan, 4 ta yo‘lovchi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Saudiya Arabistoni tegishli organlari va Qizil yarim oy boshqarmasining vakillari hodisa sabablari yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan.

    Saudiyaning SPA axborot agentligi vafot etganlarning Saudiya Arabistonida yashovchi Osiyo va arab mamlakatlaridan kelgan ekspatriantlar ekanini ma’lum qilgan.

    «O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga mazkur hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan», — deyiladi TIV xabarida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » TIV Madinada sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha bayonot bilan chiqdi