21:44 / 19.10.2019
3 143

Krasnoyarsk o‘lkasida damba o‘pirildi. 12 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan (video)

Krasnoyarsk o‘lkasida damba o‘pirildi. 12 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan (video)
Foto: Rossiya FVV
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi, Kuraginsk tumanidagi Seyba daryosida oltin qazib oluvchi artelga qarashli texnologik suv havzasining dambasi o‘pirildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

O‘pirilish oqibatida qazib oluvchilar posyolkasidagi ikkita ishchilar yotoqxonasi suv ostida qoldi. 12 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi kasalxonaga yetkazildi, yana 15 kishi voqea joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 10 dan ortiq odamning taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi.

Suv ostida qolgan yotoqxonalarda 80 nafargacha ishchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda, ularning soniga aniqlik kiritilmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi va prokuratura tekshiruv boshladi, holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar, politsiya va tergov guruhi yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krasnoyarsk o‘lkasida damba o‘pirildi. 12 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan (video)