08:47 / 20.10.2019
2 513

Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi

Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va uning atrofidagilar Viktor Yanukovichning atrofidagilardan olib qo‘yilgan 1,5 mlrd dollarni o‘zaro bo‘lishib olgan. Bu haqda kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan amerikalik milliarder va AQSh prezidenti Donald Trampning shtatdan tashqari maslahatchisi Sem Kislin ma’lum qildi.

"Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagilardan musodara qilingan qariyb 1,5 mlrd dollar pulni Pyotr Poroshenko va uning yaqinlari bo‘lishib olgan", - deya Kislindan iqtibos keltiradi "112 Ukraina".
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu pullar Yanukovichga emas, boshqalarga tegishli bo‘lgan".

Kislinning aytishicha, bu pullar Ukraina byudjetiga o‘tkazilmagan. 503 mln dollar Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy orqali Poroshenko hisobiga o‘tkazilgan. 300 mln dollar sobiq bosh prokuror Yuriy Lutsenkoga, yana 20 mln dollar milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq kotibi Aleksandr Turchinov hisobiga o‘tkazilgan.

Kislin bu so‘zlarini hujjat bilan tasdiqlashi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Kislin Poroshenko prezidentlik yillari davomida mamlakatdan kamida 8 mlrd dollar mablag‘ni olib chiqib ketganligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi