2 664
NATOda Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilindi
Foto: «Tvc.ru»
NATOda Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operatsiyasi va uning oqibatlarini o‘rganuvchi favqulodda inqiroz shtabi tashkil qilindi. Bu haqda Deutsche Welle'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Ushbu tuzilma tarkibiga razvedka va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlar, harbiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar hamda siyosiy maslahatchilar kiritilgan.
16 oktyabr, chorshanba kuni o‘tgan Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlarning 29 nafar rais o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda Turkiya alyans bo‘yicha hamkorlarini o‘z harbiy harakatlari va qochoqlar oqimi haqida xabardor qilib turishini va’da qilgandi. Shuningdek, yig‘ilishda Anqara vakili operatsiyaning noyabr birinchi yarmigacha davom ettirishini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar 120 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuvdan oldin berilgan.
9 oktyabrda Turkiya Suriya shimoli-sharqida «Suriya demokratik kuchlari», Kurdiston ishchi partiyasi va IShID jangarilariga qarshi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasining boshlanganini e’lon qilgan. AQSh ushbu harakatlarda ishtirok etmasligini bildirgan va o‘z qo‘shinini operatsiya o‘tadigan hududdan uzoqlashtirgan. Yevropa davlatlari, AQSh, Eron, Iroq, Misr, Kanada va boshqa mamlakatlar ushbu harakatlarni keskin qoralagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi