Sharqiy Yevropa sotsializmni sog‘inadimi?

  • 21 oktyabr 2019, 06:00
  • 955
  • Dunyo
  • Sharqiy Yevropa sotsializmni sog‘inadimi?
    1989 yilda Yevropada tarixiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kommunizm quladi, Sharqiy va Markaziy Yevropa Sovet Ittifoqining ta’siridan xalos bo‘ldi. 1991 yilda esa ittifoqning o‘zi ham tarqalib ketdi.

    Temir parda ko‘tarilganidan keyin Sharqiy Yevropa mamlakatlari ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan dunyoga ochila boshladi. Qit’ani optimizm to‘lqini qoplab oldi.

    Oradan o‘ttiz yil o‘tib, sobiq Sharqiy blok mamlakatlari siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni olqishlamoqda. «Pyu tadqiqotlar markazi» Germaniyaning Kyorber nomli jamg‘arma bilan o‘tkazgan va 19 ming kishi ishtirok etgan «Kommunizm qulagandan o‘ttiz yil keyin Yevropada ijtimoiy fikr» nomli so‘rov natijalari ana shuni ko‘rsatdi.

    «Qoniqish darajasi iqtisodiy farovonlikka bog‘liq, bu esa ajablanarli emas», – deydi Kyorber jamg‘armasining Berlindagi filiali rahbari Nora Myuller.

    So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan va bundan iqtisodiy foyda ola boshlagan mamlakatlarning aholisi postkommunistik o‘zgarishlar haqida ko‘proq ijobiy fikr bildirgan.

    «Iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazayotgan mamlakatlarda, masalan, Bolgariyada qoniqish hissi pastroq», – deya izohlaydi Nora Myuller.

    Tadqiqotchilar siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga bog‘liq ravishda mintaqalar orasida farq borligini aniqlashdi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida ko‘p partiyali tizim va bozor iqtisodiyotini eng ko‘p qo‘llab-quvvatlaganlar polshaliklar ekani ma’lum bo‘ldi – so‘rovnomada qatnashganlarning 85 foizi. Chexiyada bu ko‘rsatkich 80 foizga, Slovakiyada qariyb 70 foizga, Litvada esa 70 foizga teng.

    Eng past ko‘rsatkich Rossiyada qayd etildi: so‘rovnoma ishtirokchilarining 43 foizi ko‘p partiyali tizimni va atigi 38 foizi bozor iqtisodiyotini ma’qullagan.

    Manba: Sof.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sharqiy Yevropa sotsializmni sog‘inadimi?