06:34 / 21.10.2019
3 108

Filippin aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (video)

Filippin aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (video)
Filippinda kuchi deyarli 6,5 ballga teng bo‘lgan zilzila ro‘y berdi. Hodisa aholi o‘rtasida vahima kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Yer osti silkinishlari mamlakatning Mindanao orolida qayd etilgan. AQSh geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 14,1 km chuqurlikda qayd etilgan. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar va talofatlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Mamlakat hukumati aholidan talofat ko‘rishi mumkin bo‘lgan binolardan uzoqroqda bo‘lishni tavsiya etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda zilzila ro‘y bergan vaziyat aks etgan video tasvirlar tarqalmoqda.

Filippin dunyodagi eng xavfli tabiiy ofatlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Geografik joylashuvi tufayli mamlakatda tez-tez zilzilalar va vulqonlarning faolligi kuzatiladi. Mamlakat Tinch okeani havzasidagi faol vulqonlar va yoriqlardan iborat “Olovli xalqa” hududida joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippin aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (video)