Ukrainaning Kiyev viloyati gubernatori Mixail Bno-Ayriyan iste’foga chiqishga ariza berdi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’da ma’lum qildi.
Bno-Ayriyan ijtimoiy tarmoqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomiga yozilgan arizaning suratini ilova qilgan. U iste’foga chiqishi sabablarini ma’lum qilmagan, biroq iste’fosini yozuvchi Ivan Bagryanoyning “Getsiman bog‘i” romani qahramoni Andrey Chumakka tegishli so‘zlar bilan izohlagan.
“Tiz cho‘kib emaklab, ikki marta – ham ma’nan, ham jismonan o‘lgandan ko‘ra, bir marta mag‘rurona, sinmagan qalb bilan o‘lgan yaxshi. Biroq ikkinchi variantda umuman o‘lmaslik imkoni bor”, deb yozgan gubernator.
Zelenskiy Bno-Ayriyanni Kiyev viloyati gubernatori etib tayinlanishi haqidagi farmonni joriy iyulda imzolagan. 19 oktyabrda u Facebook’dagi sahifasida o‘z lavozimida 100 kundan beri ishlayotganini yozgandi. “Men ishongandim va ehtimol hozir ham ishonaman, mamlakatda o‘zgarishlarning imkoni yo‘q. Asosiysi – buni istash”, deb ta’kidlab o‘tgan gubernator.
Bno-Ayriyan Zelenskiy tayinlagan gubernatorlardan iste’foga chiqqan birinchisi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi