O‘zga sayyoralarda hayot bo‘lishi ehtimoli biz o‘ylagandan yuqoriroq

  • 21 oktyabr 2019, 16:48
  • 1 521
  • Dunyo
  • O‘zga sayyoralarda hayot bo‘lishi ehtimoli biz o‘ylagandan yuqoriroq
    Foto: Shutterstock
    NASA’ning ilmiy missiyalar bo‘yicha direksiyasi rahbari Tomas Surbuxen yaqinda Boston universitetiga tashrif buyurgan va talabalar bilan ilmiy munozaralarda ishtirok etgan. 2016 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgan olim, jumladan, Yerdan tashqarida, o‘zga sayyoralarda ham hayot mavjudmi-yo‘qmi degan savolga hamda Marsga qachon odam uchirilishi borasidagi savolga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tgan. Bu haqda ScienseAlert nashriga asosan Daryo xabar qilmoqda.

    Xususan, u Yerdan tashqarida, o‘zga sayyoralarda ham hayot mavjudmi degan savolga o‘z intuitsiyasi va ilmiy qarashlaridan kelib chiqib «ha» deb javob berishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga bu hozircha ilmiy isbotlanmagani sababli u javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga kafolat berolmasligini aytgan. U ushbu savolning javobini o‘zining tiriklik chog‘ida bilib olishiga umid qilmoqda ekan. U «Biz tabiatning kuchiga yetarlicha baho bermay kelganmiz, o‘zga sayyoralarda hayot bo‘lishi ehtimoli biz o‘ylagandan va kutgandan ancha yuqoriroq», deb aytgan.

    U fazoga shaxsan o‘zi uchishni istamasligini, chunki bu tayyorgarlik uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘lishini aytgan. Shuningdek, Marsga ekspeditsiya jo‘natish missiyasini 2030–2040-yillar orasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, Marsga yo‘l oladigan ilk marsonavtlar ko‘pi bilan sakkiz kishidan iborat bo‘ladi va qolgan tafsilotlar o‘sha muddatga yaqin ayon bo‘lib boradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zga sayyoralarda hayot bo‘lishi ehtimoli biz o‘ylagandan yuqoriroq