22:16 / 21.10.2019
2 397

AQSh Afg‘onistondan 2 ming harbiysini olib chiqdi

AQSh Afg‘onistondan 2 ming harbiysini olib chiqdi
Foto: Reuters
Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqardi. Bundan tashqari, ular soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.
AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini sekin-asta qisqartira boshladi va u yerdan 2 ming harbiysini olib chiqdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Ostin Skott Miller Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqarganini tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, harbiylar olib chiqilishi Vashington “Tolibon” harakati vakillari bilan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishini ko‘zda tutuvchi kelishuvga erishmaganiga qaramay yuz bergan. Bundan tashqari, AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.

20 oktyabrda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda terrorchilikka qarshi masalalarni muhokama qilgan. Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlari sonining qisqarishi Afg‘onistonda harakat qiluvchi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashga putur yetkazilmagan holda yuz beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Afg‘onistondan 2 ming harbiysini olib chiqdi