Bangladeshlik siyosatchi va parlamentning “Avami lig” hukmron partiyasidan deputati Tamanno Nusrat imtihonlarni topshirishda 8 nafar qiyofadoshini yollagani uchun universitetdan haydaldi.
The Guardian nashrining ma’lum qiliishicha, deputat o‘ziga o‘xshash 8 ayolni topib, kamida 13 ta imtihonda ular “xizmatidan foydalangan”.
Yolg‘on Nagorik TV telekanali muxbiri imtihonga kelib, Nusrat yollagan ayollardan birini voqea bo‘yicha qo‘qqisdan savolga tutgach fosh bo‘lgan.
Deputat Bangladesh universitetida bakalavr unvonini olayotgan bo‘lgan. Universitet rahbari Nusrat jinoyat sodir etgani uchun oliy ta’lim muassasasidan haydalganini ma’lum qilgan. Rektorning qo‘shimcha qilishicha, yollangan “talabalar” imtihonni qo‘riqchilar nazoratida topshirishgan. Ta’kidlanishicha, bundan universitet xodimlari xabardor bo‘lgan, ammo Nusrat nufuzli oiladan bo‘lgani uchun indamaslikni ma’qul ko‘rishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?