Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi

  • 23 oktyabr 2019, 08:12
  • 585
  • Dunyo
  • Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi
    Foto: Global Look Press
    Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Albaniya rasmiylari bilan hamkorlikda professional futbolchilarning uyini o‘margan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Yevropol ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

    Guruh 4 nafar Albaniya fuqarosi va bir ispaniyalikdan iborat bo‘lgani aytilmoqda. Ular Ispaniyaning Madrid va Toledo shaharlarida 16 oktyabr kuni o‘tkazilgan operatsiya davomida ushlangan.

    Bundan avval bir necha oy davomida «Real» va «Atletiko» futbol klublarining bir qator o‘yinchilari uyida o‘g‘irliklar sodir etilgandi. O‘shanda jinoyatchilar talonchilikni amalga oshirish uchun qulay fursat topish maqsadida futbolchilarning xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatgani taxmin qilingandi.

    Reydlar natijasida politsiya tomonidan qimmatbaho mashinalar, minglab yevro pul va taqinchoqlar musodara qilindi. Shuningdek, bir necha esdalik ashyolari, jumladan, «Atletiko» yarim himoyachisi uyidan o‘g‘irlangan Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun taqdim etilgan medal ham topildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi