07:10 / 25.10.2019
2 627

Ukraina Qrimni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda

Ukraina Qrimni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda
Katerina Zelenko
Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Katerina Zelenko ma’lum qilgan.
Zelenkoning fikricha, Rossiya 2014 yilda Ukrainaga qarshi xalqaro jinoyat sodir etgan. U Ukraina Qrimni qaytarishda yordam beradigan har qanday shakldagi muzokaralar va normand sammitiga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

“Muzokaralardan asosiy maqsad Ukrainaning Qrim respublikasi va Sevastopol ustidan suverenitetini tiklash”, deb ta’kidlab o‘tgan tashqi ishlar vazirligi vakili.

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahariga aylangan.
Ukraina bu referendumning natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qrimni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda