08:14 / 30.10.2019
4 996

Dubaydan kelajak muzeyini kutib oling

Dubaydan kelajak muzeyini kutib oling
Osmono‘par binolari deyarli bir kechada paydo bo‘lgandek ko‘rinadigan Dubay shahrida odamlarni qurilish ob’ektlari qiziqtirmay qo‘ygan. Ammo bitta qurilish loyihasi barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi: moliyaviy tuman chetida joylashgan shaharning baland, haydovchisiz metro tizimi ustiga o‘rnatilgan "Kelajak muzeyi".

Diagonali kesishgan 2400 po‘lat a’zolarni o‘z ichiga olgan muzeyning ichki tuzilishi 2018 yil noyabr oyida qurib bitkazilgan edi; fasad panellari esa endi joyiga tushirilmoqda. Muzey bir yil ichida ochilishi kerak - bu Dubay uchun juda muhim muhlat, chunki u 2020 yil 20 oktyabrdan Jahon ko‘rgazmasini o‘tkazadi.

Arxitektura olami ushbu muzeyning kreativ shaklini elliptik bo‘shliqqa o‘xshatadi, ammo ushbu ulkan halqaga yanada yaxshiroq ta’rif berish mumkin. Kelajak muzeyining ijrochi direktori Leyt Karlson uni ko‘z bilan solishtirishni afzal ko‘radi. "Biz binoni ko‘rmagan odamlarga tushuntirish uchun biroz kurashmoqdamiz", deb tan oladi u.

2015 yilda muzeyning dizayn tanlovida g‘olib bo‘lgan Killa Design mahalliy arxitektura firmasi shaklni o‘ylab topgan. Arxitektorning so‘zlariga ko‘ra, strukturaning aylana qismi bizda mavjud bo‘lgan bilimlarni anglatadi. Uning o‘rtasidagi bo‘shliq esa biz hali bilmagan barcha narsalarni boshqacha qilib aytganda, kelajakni anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubaydan kelajak muzeyini kutib oling