21:30 / 29.10.2019
2 814

Tramp al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallaydigan terrorchi o‘ldirilganini e’lon qildi

Tramp al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallaydigan terrorchi o‘ldirilganini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning eng yaqin o‘rinbosari yo‘q qilinganini e’lon qildi.

"Hozirgina Abu Bakr al-Bag‘dodiyning birinchi raqamli o‘rinbosari amerikalik harbiylar tomonidan yo‘q qilingani tasdiqlandi. U eng yuqori lavozimni egallashi mumkin edi. Endi u ham o‘ldi!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

U o‘ldirilgan shaxsning ismini ma’lum qilmadi.
Tramp avvalroq Suriyadagi maxsus operatsiya natijasida Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallaydigan terrorchi o‘ldirilganini e’lon qildi