22:17 / 03.11.2019
4 904

Nima sababdan ba’zi bir hindistonlik ayollar o‘zlarini o‘limga mahkum qilishyapti?

Nima sababdan ba’zi bir hindistonlik ayollar o‘zlarini o‘limga mahkum qilishyapti?
BBC xabar berishicha, Hindistonlik ba’zi ayollar o‘zlarini qora tanli ekanligi uchun haqoratomuz so‘zlarni eshitib, bunday holatga bardosh bera olmay, o‘zlarini o‘limga mahkum qilishmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli hindistonlik ayol, eri tomonidan "qora tanliksan" deb doimiy haqorat qilinishi tufayli o‘zini o‘ldirgan. Otasi qizining o‘limida erining qo‘li borligidan shubhalanib, Rajastan politsiya shtatiga shikoyat qilib boradi.

BBC xabar berishicha, hali ham qizning turmush o‘rtog‘i hibsga olinmagan. Eri hali ham ayblovlar bo‘yicha bayonot berishga tayyor emasligini aytib o‘tdi. Ko‘pchilik hindlar oq tanli insonlarni qora tanli insonlarga nisbatan ustun qo‘yishadi. Nahotki, hali hanuz diskriminatsiya davom etayotgan bo‘lsa?

Marhumaninig otasi politsiyaga bayonot berishicha: "Qizimning eri doimiy ravishda uni qora tanli bo‘lgani uchun kamsitib kelar edi. Bu esa o‘z navbatida qizimning o‘zini o‘zi o‘ldirishiga sabab bo‘ldi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima sababdan ba’zi bir hindistonlik ayollar o‘zlarini o‘limga mahkum qilishyapti?