15:00 / 03.11.2019
5 316

Hindiston butun dunyoni o‘z yolg‘oniga ishontirmoqchi

Hindiston butun dunyoni o‘z yolg‘oniga ishontirmoqchi
A’zolarining asosiy qismi o‘ta o‘nglardan tashkil topgan Yevroparlament delegatsiyasi nihoyat Kashmir mintaqasining Hindiston boshqaruvi ostidagi qismiga safar qildi. Bu esa Nyu-Dehli aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan mazkur mintaqani joriy yil avgustida muxtoriyat huquqidan mahrum qilgandan buyon amalga oshirilgan xorijliklarning ilk safari hisoblanadi. Ammo ushbu guruh Kashmirga Yevropa Ittifoqining rasmiy delegatsiyasi sifatida kelgani yo‘q.

Safar arafasida Kashmirda qirqqa yaqin to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan, Srinagar shahrida politsiya tinch aholiga qarshi o‘tochar qurollar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.

Polsha, Fransiya, Germaniya hamda Buyuk Britaniya vakillari bo‘lgan o‘ta o‘ng deputatlardan iborat deyarli 30 nafar yevroparlament a’zolari dushanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Ushbu safar Nyu-Dehlining Kashmirdagi siyosati qoralangan ayblovlarni yo‘qqa chiqarishga qaratilgan deb tanqid ostiga olinmokda.

Delegatsiya a’zolardan biri bo‘lgan britaniyalik Kris Deyvisning aytishicha, u mahalliy aholi bilan politsiya kuzatuvisiz suhbatlashishni talab qilgani uchun Hindiston hukumati uning taklifnomasini bekor qilgan.

«Men Modi hukumati uchun shunchaki piar shou uyushtirib, go‘yo hammasi joyidagidek ko‘rsatishga aslo rozi emasman», – dedi Devis o‘z bayonotida.

Rasmiy Nyu-Dehlining bildirishicha, ushbu safardan ko‘zlangan maqsad deputatlarga mintaqaning madaniy va diniy turfa xilligi haqida yanada yaxshiroq tushuncha berishdan iborat.

Hindiston hukumati Yevroparlament a’zolarining Kashmir hududiga kirishiga ruxsat bergani muxolifat partiyalar tanqidiga uchragan. Bunga qadar qariyb 80 kun davomida Kashmir hududiga biror xorijiy vakilning kirishiga yo‘l qo‘yilmagan edi. Shuningdek, xalqaro jurnalistlarga Kashmirdagi ommaviy hibsga olishlar va qiynoqlar haqida lavhalar tayyorlashiga izn berilmagan.

Kongress partiyasi a’zosi Rahul Gandining bildirishicha, mahalliy deputatlarning Jammu va Kashmir hududiga kirishi taqiqlab qo‘yilgan bir paytda Yevroparlament a’zolari mazkur mintaqada juda iliq kutib olingan. «Buni hech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi», – dedi Gandi.

Kommunistik partiya vakili Rinda Karat esa bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukumatni Kashmirda go‘yo hammasi joyidadek ko‘rsatishga urinishda aybladi.

«Hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP) Kashmirda hammasi joyida deb butun dunyoni aldashga harakat qilyapti, Yevroparlament delegatsiyasiga o‘xshaganlar bilan esa shu yolg‘oniga jahon hamjamiyatini ishontirishga umid bog‘lashmoqda, xolos. Aslida Kashmirda hech narsa joyida emas», – dedi u.

Kashmir 1947 yildan buyon Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. Joriy yilning 5 avgustida Nyu-Dehli Konstitutsiyadagi 370-moddani bekor qilib, mazkur mintaqani keng muxtoriyat huquqidan mahrum etdi. Shu arafada Kashmirga o‘n minglab qo‘shimcha askarlar joylashtirildi, mahalliy siyosatchlilar, huquqshunoslar va faollar qo‘lga olindi, ulardan ko‘pchiligi hanuz hibsda qolmoqda.

Kashmirda postpaid (oldindan haqi to‘lanmaydigan) mobil telefonlarga ijozat joriy yilning 14 oktabriga kelibgina qayta tiklandi. Biroq 7 milliondan ziyod aholi istiqomat kiluvchi mazkur hudud hamon internet aloqasidan mahrumligicha qolmoqda.

Seshanba kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari vaziyatdan o‘ta tashvishda ekanligini bildirgan.

Yevroparlament delegatsiyasi safari arafasida 6 kishining o‘limi hamda 20dan ziyod kishining granatadan jarohatlani haqida xabarlar tarqaldi. Qiynoq da’volari va tinch aholi vakillari o‘limi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar mintaqa borasidagi muhim siyosiy qarorlar aholi fikri bilan hisoblashmay kabul qilinyotganini ko‘rsatadi.

Seshanba kuni shaxsi noma’um qurollangan kishi 5 muhojir ishchini Srinigardan 70 km janubdagi Kulgam okrugida otib o‘ldirgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bu Nyu-Dehli mintaqani muxtoriyatdan mahrum qilgandan buyon sodir bo‘lgan eng qonli hodisadir. Hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston butun dunyoni o‘z yolg‘oniga ishontirmoqchi