22:46 / 03.11.2019
4 087

Qirg‘iziston prezidenti Atambayevni hibsga olish bo‘yicha buyruq bermaganini aytdi

Qirg‘iziston prezidenti Atambayevni hibsga olish bo‘yicha buyruq bermaganini aytdi
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston preizdenti Sooranboy Jeenbekov Bishkek shahrida o‘tgan mahalliy va xorijiy OAV rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatning sobiq rahbari Almazbek Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha kuchishlatar tizimga topshiriq bermaganligini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Jeenbekov Atambayevni hibsga olish haqida buyruq bermagani, operatsiya vaqtida amalga oshirilgan tartibsizliklar uchun eks-prezidentning javobgar ekanligi va uning hukumatning qonuniy talablarini bajarmaganligini qayd etdi. Atambayev IIV tomonidan yuborilgan rasmiy va shaxsiy takliflarni rad etgan, guvoh sifatida tergovda qatnashishni istamagan.

-"Sodir bo‘lgan voqeaga odindan baho bera olmayman sababi vaziyatni o‘rganish yuzasidan tergov ishlari davlat komissiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Komissiya barini aniqlaydi va tegishli qaror chiqaradi. Atambayevning o‘zi ham mamlakatda ‘daxlsiz’ fuqaro yo‘qligini bir necha marta ta’kidlagan."

- "Olti yil o‘tgach ehtimol menga ham qaysidir jinoyat bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi mumkin. Shuning uchun ham men qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligim va qonunlarga to‘liq rioya qilishim zarur."

Jeenbekov Atambayevning sobiq prezident maqomidan va siyosiy imunitetdan mahrum qilinishi Oliy sud Konstitutsion palatasi tomonidan chiqarilgan qonuniy qaror bo‘lganligi va barcha, hatto prezident ham ushbu qarorga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerakligini bildirdi.

Qirg‘iziston preizdenti Sooranbay Jeenbekov ikkinchi muddatda ham o‘z lavozimida qolish niyati bor yoki yo‘qligi borasida ham javobini aytdi .
- "Ikkinchi bor saylanishga haqqim yo‘q. Bu amalga oshishi uchun referendum o‘tkazish yoki amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritmoqchi emasman."

Jeenbekovning so‘zlariga ko‘ra, u 2017 yil 24 noyabrda respublikasi rahbarligiga saylangan va ushbu lavozimdagi asosiy maqsadi viloyatlarda yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat. Prezident aholiga imtiyozli kreditlar ajratib, soliq imtiyozlari taqdim etishdan maqsad hududlarni rivojlantirish ekanligini ma’lum qildi.

- "Imtiyozli kreditlarning 80 foiz qismi viloyatlarga yuborilmoqda, avval bu raqam 20 foizni tashkil etgan. Ikki uch yil o‘tgach ushbu ishlar samarasini ko‘ramiz. Xorijga chiqib ketgan yurtdoshlarimiz ham Qirg‘izistonga qaytadi."

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti Atambayevni hibsga olish bo‘yicha buyruq bermaganini aytdi