12:06 / 04.11.2019
2 549

Nepalda avtobus daryoga qulashi oqibatida 15 nafar odam halok bo‘ldi

Nepalda avtobus daryoga qulashi oqibatida 15 nafar odam halok bo‘ldi
Foto: myRepublika
Nepal markaziy viloyatida ro‘y bergan avtohalokat — avtobusning daryoga qulashi oqibatida 15 nafar odam halok bo‘lgan, 50 nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan va 3 nafar odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar qildi.

Avtohalokat 3 noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Nepal poytaxti Katmandu tomon harakatlanayotgan avtobus avtomobil yo‘lidan chiqib ketgan va Sindxupalchok tumanidan oqib o‘tuvchi daryoga qulagan.

Politsiyachilar 50 nafar yo‘lovchini qutqarishga va shifoxonaga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Jarohat olganlar orasida olti nafar bemorning holati og‘ir ekani ma’lum qilinmoqda.

Foto: Himalayan Times
Mahalliy DD News telekanali ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida sakkiz nafar ayol va ikki nafar bola bor.

Avval Saudiya Arabistonida ichida ziyoratchilar bo‘lgan avtobusning yonishi oqibatida 36 nafar yo‘lovchining halok bo‘lgani xabar qilingan. Keyinchalik O‘zbekiston TIV ushbu xabarga munosabat bildirib, Madinada ro‘y bergan yo‘l transport hodisasidan keyin vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepalda avtobus daryoga qulashi oqibatida 15 nafar odam halok bo‘ldi