Rossiya 2018 yil may oyidan 2019 yil apreligacha Venesuelaga 315 mln dollar naqd pul jo‘natgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Pullar dollar va yevroda 6 ta aviareys bilan jo‘natilgan va Bandes bankiga tushgan.
Ta’kidlanishicha, valyutani “Yevrofinans Mosnarbank” Rossiya-Venesuela banki va “Gazprombank” jo‘natgan. Ma’lum qilinishicha, bu pullar Venesuela xorijda saqlagan valyuta hamda neft va oltin uchun to‘lov yoki “Yevrofinans Mosnarbank” dividendlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil may va iyulida 55 mln dollardan 2 ta reys, 2019 yil yanvarida “Gazprombank”dan yana 2 ta reys (50 mln va 113 mln dollar) amalga oshirilgan. Aprelda “Yevrofinans Mosnarbank”ning 97 mln dollar pul yetkazgan yana 2 ta reysi qayd qilingan.
Venesuela hukumatidagi manba Karakas “Yevrofinans Mosnarbank” bilan bog‘liq pullarni olganini ma’lum qilgan. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?